Asosiy mazmunga o'tish
YukSaroy

Yordam

Ko'p so'raladigan savollar

Sayt qanday ishlaydi: topish, bog'lanish, bron, e'lon va to'lov. Javob topilmasa, bizga yozing.

Platforma qanday ishlaydi

Namuna

Chap va o'ng o'q qadamni almashtiradi, To'xtatish tugmasi ko'rgazmani to'xtatadi.

YukSaroy nima?

YukSaroy yuk logistikasi bozori: yuk terminallari (temir yo'l terminallari ham), texnika va yuk mashinalari bir joyda. Egasi o'zi e'lon beradi, siz unga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilasiz, vositachi yo'q.

Batafsil
Saytdan foydalanish pulmi?

Katalog, xarita, solishtirish, narx hisobi va e'lon berish bepul. Pul faqat obuna uchun to'lanadi: u telefon raqamlarini ochadi, vagon qidiruvini cheksiz qiladi va e'lonlaringizni ro'yxatda yuqoriga chiqaradi, 30 kunlik ko'rsatkichlarni ko'rsatadi.

Batafsil
Terminalni qanday topaman?

Terminallar bo'limida viloyat, xizmat va tur bo'yicha filtr qo'ying yoki xaritada qarang. Har terminalning sahifasida xizmatlar, tariflar, ish vaqti va bugungi bo'sh joylar bor.

Batafsil
Shahobcha yo'l nima?

Shahobcha yo'l korxonaning o'z temir yo'l tarmog'i: vagon shu yerga keladi va yuk tushiriladi. Saytda ular terminallar ichida turadi, chunki xizmati bir xil: vagon qabul qilish va yuk ortish-tushirish.

Batafsil
Xaritada qanday ko'raman?

Xarita sahifasida barcha terminallar, texnika va yuk mashinalari bitta xaritada, ro'yxat bilan sinxron. Yaqinimdagilar va yo'nalish bo'yicha ham qarash mumkin.

Batafsil
Bir nechta terminalni solishtirsa bo'ladimi?

Ha, kartadagi Solishtirish belgisini bosing: uchtagacha obyekt bitta jadvalga tushadi. Tarif, joy, masofa va baho yonma-yon chiqadi.

Batafsil
Narx hisobi qanday ishlaydi?

Terminal tarifini vaznga ko'paytiradi va tanlangan qo'shimcha xizmatlarni qo'shadi. Formula ochiq, login shart emas, natija taxminiy hisob: yakuniy narx buyurtmada muzlatiladi.

Batafsil
Joyni qanday bron qilaman?

Terminal sahifasida bugungi bo'sh oynani tanlab buyurtma yuborasiz, u to'g'ri terminalga boradi. Terminal 30 daqiqa ichida javob beradi; buning uchun hisob kerak.

Batafsil
Buyurtmadan keyin narx o'zgaradimi?

Yo'q. Buyurtma yuborilganda tarif muzlatiladi: terminal narxni keyin o'zgartirsa ham sizning buyurtmangizga ta'sir qilmaydi.

Batafsil
Akt va hisob-fakturani qayerdan olaman?

Buyurtma yakunlangach akt va hisob-faktura PDF ko'rinishida kabinetdagi Hujjatlar bo'limiga tushadi.

Egasi bilan qanday bog'lanaman?

Har sahifada Yozish tugmasi bor: chat hisob bilan bepul. Telefon raqamini ko'rish uchun obuna kerak, raqam Raqamni ko'rish tugmasi orqali ochiladi.

Obuna qancha turadi?

Obuna oylik, narxi Tariflar sahifasida yozilgan. U bilan terminal, e'lon va kompaniya telefon raqamlarini ko'rasiz, vagon qidiruvi ham cheksiz bo'ladi; chat obunasiz ham bepul.

Batafsil
Obunani qanday to'layman?

Obuna sahifasida muddatni tanlaysiz, summa va to'lov izohi chiqadi. O'tkazmadan keyin platforma tasdiqlaydi, odatda 1 ish kuni ichida, va obuna yoqiladi.

Raqamni ko'rish tugadi deb chiqdi, nima qilay?

Obunachi kuniga chegaralangan sonda raqam ochadi: bu bazani ko'chirib olishga qarshi qoida. Chegara Toshkent vaqti bilan yarim tunda yangilanadi.

Qanday ro'yxatdan o'taman?

Telefon raqamingizni yozasiz, 6 xonali kod Telegram botga keladi. Google hisobi bilan ham kirsa bo'ladi. Bir daqiqa oladi.

Batafsil
Kod kelmadi, nima qilay?

Kod SMS emas, Telegram botga keladi. Botni oching, Telefon raqamimni yuborish tugmasini bosing, keyin saytda qayta Kod olish ni bosing.

Batafsil
Texnika yoki yuk mashinasi e'lonini qanday beraman?

Kabinetda Qo'shish tugmasidan Texnika e'loni yoki Avtotransport ni tanlang: tur, holat, narx va foto. E'lon 90 kun faol turadi, bepul.

E'lon standarti nima?

Har tur uchun shart va tavsiya maydonlari ro'yxati: nima yozilishi kerak, nima yozilsa yaxshi. Bu sertifikat emas, e'lon to'liqligining o'lchovi.

Batafsil
Premium e'lon nima beradi?

Alohida Premium to'lovi endi yo'q. Obuna sizning barcha e'lonlaringizni o'z turkumida yuqoriga chiqaradi, xaritada ajratadi. 30 kunlik ko'rsatkichlar (ko'rishlar, telefon ochilishi, so'rovlar) faqat obunachilarga ochiq. Narx Tariflar sahifasida.

Batafsil
Shoshilinch so'rov nima?

Teplovoz chaqiruv, vagon ta'miri yoki kran zarur bo'lsa shoshilinch so'rov yuborasiz: viloyatdagi xizmatchilarga xabar ketadi va ular taklif yuboradi. Siz eng qulayini tanlaysiz.

Batafsil
Yuk bozori nima?

Yuk bozorida yuk egasi qayerdan qayerga nima olib borish kerakligini yozadi, tashuvchilar taklif yuboradi. Hisob bilan bepul.

Batafsil
Xizmatlar markazi nima?

Xizmatlar markazida ekspeditor, tovar kassiri va hujjat to'ldiruvchi mutaxassislar ro'yxati. Keraklisini topib telefonini ochasiz (obuna bilan) yoki so'rov qoldirasiz, mutaxassislar o'zlari taklif beradi.

Batafsil
Vagon qidiruvi qanday ishlaydi?

Vagon raqamini yozasiz, sayt uning qayerdaligini ko'rsatadi. Birinchi qidiruv bepul, keyingilari obunachiga.

Batafsil
Namuna belgisi nimani bildiradi?

Namuna belgili e'lon sayt qanday ko'rinishini ko'rsatish uchun qo'yilgan, u haqiqiy taklif emas. Unga buyurtma yoki so'rov yuborilmaydi.

Batafsil
Katalogdagi terminal meniki, qanday olaman?

Katalogdan o'z temir yo'l terminalingizni toping va Egalik da'vosini yuboring. Tasdiqlangach sahifa sizniki bo'ladi: tariflar, joylar va bronlarni o'zingiz yuritasiz. Bepul.

Batafsil
O'z terminalimni qanday qo'shaman?

Kabinetda Qo'shish tugmasidan Terminal yoki yuk saroyi ni tanlang: xizmatlar, tariflar, ish vaqti va joylarni yozasiz. Terminal sahifasi va bron qabul qilish bepul.

Tasdiqlangan belgisi nima?

Kompaniya sahifasida STIR tekshirilgan tashkilotga tasdiq belgisi qo'yiladi. Belgi tashkilot haqiqiy ekanini bildiradi, sifat kafolati emas.

Batafsil
Baho kim qoldira oladi?

Faqat yakunlangan buyurtma egasi baho qoldiradi, shuning uchun soxta baho yo'q. Terminal bahoga javob yoza oladi.

Batafsil
Bron uchun komissiya bormi?

Hozir 0 %. Platforma orqali oyiga 100 tadan ortiq buyurtma o'tganda 2 dan 3 % gacha bo'ladi va kamida 30 kun oldin e'lon qilinadi.

Batafsil
Telegram bot bormi?

Ha, @yuksaroy_bot: kirish kodi shu yerga keladi, so'rov va buyurtma xabarlari ham shu yerdan. Mini ilova ichida katalogni ochsa bo'ladi.

Batafsil
Yordam kerak, kimga yozaman?

Murojaat sahifasidagi forma orqali yozing yoki Telegram botga xabar qoldiring. Ish kunlari javob beramiz.

Batafsil

Javob topilmadimi?

Murojaat sahifasidagi forma orqali yozing, ish kunlari javob beramiz.

Bizga yozish