YukSaroy

Hujjat

Foydalanish shartlari

Oxirgi tahrir: 2026-09-24

Bu yuridik hujjat emas, oddiy til bilan yozilgan kelishuv: biz kimmiz, nima qilamiz, pulni qanday olamiz va qanday qaytaramiz.

Kim va nima xizmat

YukSaroy xususiy sayt. Davlat temir yo'l tashkiloti emas va hech qaysi idora nomidan ish yuritmaydi.

Sayt yuk logistikasi bozori: terminallar (temir yo'l terminallari ham), texnika va tashuvchilar bir joyda. Uchta toifa shu, boshqasi yo'q.

E'lonni egasi beradi: texnika va tashuvchi e'lonlarida narx va shartlarni egasi o'zi yozadi, so'rovga o'zi javob beradi. Siz unga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilasiz, vositachi yo'q.

Terminal sahifasi esa egasi uni o'z nomiga olmaguncha ham katalogda turishi mumkin. Egalik da'vosi tasdiqlangandan keyin tariflar, joylar va bronlarni egasining o'zi yuritadi.

Shartnoma va to'lov siz bilan egasi o'rtasida, saytdan tashqarida bo'ladi. Biz yuk tashimaymiz, saqlamaymiz va tomonlar nomidan hujjat imzolamaymiz.

Hisob

Hisob telefon raqami yoki Google orqali ochiladi. Kirish kodi Telegram botga keladi.

Hisob bitta odamniki. Kirish ma'lumotini boshqaga bersangiz, o'sha hisobdan qilingan ishlar ham sizniki hisoblanadi.

Kabinetga yozgan ism, tashkilot nomi va e'lon matni ochiq sahifada ko'rinadi: buni siz o'zingiz nashr qilasiz.

E'lon va sahifalar

E'londagi narx, hajm va shartlar uchun egasi javob beradi. Biz har bir e'lonni tekshirib chiqmaymiz.

Kompaniya sahifasidagi tasdiq belgisi STIR tekshirilganini bildiradi, sifat kafolati emas.

Namuna belgili qatorlar sayt qanday ko'rinishini ko'rsatish uchun turadi. Ularning egasi yo'q, ular haqiqiy taklif emas va ularga hech qachon xabar yuborilmaydi.

Qoidaga to'g'ri kelmaydigan e'lon olib tashlanadi. Muddati o'tgan e'lon ro'yxatdan tushadi, lekin kabinetingizda qoladi.

Pul: obuna va to'lov

Pullik narsa bitta: oylik obuna. Katalog, xarita, solishtirish, narx hisobi, e'lon berish va yozishma bepul. Ko'p e'lonli tashkilotlar uchun narx alohida kelishiladi: Tariflar sahifasidagi Kelishuv.

Obuna nimani ochishi va narxi Tariflar sahifasida yozilgan. Narx o'zgarsa, allaqachon to'langan muddatga ta'sir qilmaydi.

To'lov qo'lda: muddatni tanlaysiz, summa va to'lov izohi chiqadi, o'tkazmadan keyin biz tasdiqlaymiz. Tasdiq odatda 1 ish kuni ichida bo'ladi, obuna shundan keyin boshlanadi.

Bron uchun komissiya hozir yo'q. Kiritiladigan bo'lsa, kamida 30 kun oldin e'lon qilinadi.

Pulni qaytarish

To'lov tasdiqlanmaguncha hech narsa yechilmaydi: kutilayotgan buyurtmani obuna sahifasida o'zingiz bekor qilasiz.

Obuna yoqilganidan keyin 7 kun ichida, agar birorta telefon raqamini ochmagan va vagon qidiruvidan foydalanmagan bo'lsangiz, summa to'liq qaytariladi. Pul qaytarilganda obuna o'chadi va e'lonlaringiz ro'yxatdagi odatdagi joyiga tushadi.

Undan keyin foydalanilmagan to'liq oylar qaytariladi, boshlangan oy qaytarilmaydi. Masalan olti oylik obunaning ikkinchi oyida so'rasangiz, to'rt oylik summa qaytadi.

Saytning o'zi ishlamay qolgan kunlar obuna muddatiga qo'shib beriladi: bunda pul qaytarilmaydi, muddat uzayadi.

Qoidani buzgani uchun yopilgan obuna uchun pul qaytarilmaydi.

Qaytarish so'rovi: Murojaat sahifasidan buyurtma raqamini yozib yuboring. Pul o'zi kelgan hisobga, 5 ish kuni ichida qaytariladi.

Qoidalar, javobgarlik va o'zgarish

Man qilinadi: katalogni ommaviy ko'chirib olish, telefon raqamlarini yig'ib sotish, boshqaning obyekti yoki raqamini o'zinikidek ko'rsatish, chatda reklama tarqatish.

Buzilganda e'lon olib tashlanadi, hisob yopiladi va obuna bekor qilinadi.

Telefon raqami kuniga chegaralangan sonda ochiladi. Bu chegara katalogni ko'chirib olishga qarshi, va har bir ochish yozib qo'yiladi.

Biz uchrashish joyini beramiz. Egasi ko'rsatgan xizmat sifati, kechikish yoki buzilgan kelishuv uchun javob bermaymiz.

Shartlar o'zgarsa yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim o'zgarish kamida 30 kun oldin e'lon qilinadi. Nizo bo'lsa avval bizga yozing: ish kunlari javob beramiz.

Ikkinchi hujjat: Maxfiylik